30/05/2025

2025-yilning 30-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlarni mustahkamlash” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan joriy yilning may oyi davomida mamlakatimizda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, xodimlarga:

  • O‘zbekiston Respublikasining 6 ta yangi Qonuni,

  • Prezidentning 18 ta farmon va qarori,

  • Vazirlar Mahkamasining 16 ta qarori mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Seminar davomida ushbu hujjatlarning statistika tizimi faoliyatiga aloqador jihatlari, ijroga yo‘naltirilgan mexanizmlari hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, qonuniylikka qat’iy rioya etish madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.