2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 361 tani tashkil etdi.
Joriy yilning yanvar–aprel oylarida ushbu sohada yana 37 ta yangi korxona tashkil etilgan bo‘lib, ularning barchasi kichik biznes subyektlari hisoblanadi. Bu sohaga qiziqish va investitsiya ortib borayotganidan dalolat beradi.
Axborot va aloqa korxonalari eng ko‘p joylashgan hududlar:
-
Namangan shahri – 160 ta korxona
-
Chust tumani – 36 ta
-
Namangan tumani – 26 ta
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 21 ta
-
Uychi tumani – 19 ta
Ushbu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, viloyat markazi bo‘lgan Namangan shahri axborot va texnologiyalar sohasining yetakchi hududi sifatida ajralib turibdi.




