Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 267,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 12,0 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash xizmatlarining umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,8 foizni tashkil etdi.
So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi: (yanvar-aprel)
2021-yil – 71,5 mlrd so‘m
2022-yil – 99,7 mlrd so‘m
2023-yil – 122,6 mlrd so‘m
2024-yil – 218,5 mlrd so‘m
2025-yil – 267,4 mlrd so‘m
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, oxirgi besh yilda sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi deyarli 3,6 barobarga oshgan.
Bu o‘sish sog‘liqni saqlash tizimiga qaratilayotgan e’tibor, infratuzilma va xizmat ko‘rsatish sifati yildan-yilga yaxshilanayotganidan dalolat beradi.




