2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 12 trillion 406,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 128,2 foizga oshgan.
Umumiy investitsiyalar hajmining 687,1 milliard so‘mi, ya’ni 5,5 foizi tog' kon sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Bu sohaga e’tiborning ortib borayotgani, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va yangi konlarni o‘zlashtirishga doir strategik rejalarning izchil amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.




