2025- yilning 1- may holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 050 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 16,0 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 992 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 522 ta
- Kosonsoy tumani – 307 ta
- Namangan tumani – 299 ta
- Chust tumani – 291 ta
- Uychi tumani – 284 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 271 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 225 ta
- Norin tumani – 205 ta
- Pop tumani – 195 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 185 ta
- Chortoq tumani – 159 ta
- Mingbuloq tumani – 107 ta




