05/06/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 53,9 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 27,9 ming nafarga yoki 2,1 barobarga oshgan.

Yillik kesimda talabalar sonining o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2020/2021 o‘quv yili boshida — 26,0 ming nafar
2021/2022 o‘quv yili boshida — 41,8 ming nafar
2022/2023 o‘quv yili boshida — 52,3 ming nafar
2023/2024 o‘quv yili boshida — 62,5 ming nafar
2024/2025 o‘quv yili boshida — 53,9 ming nafar

Aholining oliy ta’limga qiziqishi faqat umumiy sonda emas, balki gender bo‘yicha ham sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda:

Qiz talabalar soni so‘nggi yillarda 15,3 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.
O‘g‘il talabalar soni esa 12,6 ming nafarga yoki 1,9 barobarga ko‘paygan.

2024/2025 o‘quv yili boshidagi umumiy talabalarning gender taqsimoti quyidagicha:
 50,9 foizini — qiz talabalar
 49,1 foizini — o‘g‘il talabalar tashkil etmoqda.

 Bu ko‘rsatkichlar viloyatda oliy ta’limning rivojlanib borayotganini, ayniqsa, ayollar orasida ta’lim olishga bo‘lgan intilish ortib borayotganini ko‘rsatadi.