16/06/2025

2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatining Uychi tumanida jami 127 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Ushbu korxonalar tomonidan 2025-yilning yanvar–aprel oylarida umumiy qiymati 199,6 milliard so‘mga teng qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 2,6 foizga oshib, o‘sish sur’ati 102,6 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmining asosiy qismini — 63,9 % ini kichik biznes va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan.