16/06/2025

2024/2025-o‘quv yili boshida, Namangan viloyatida jami 27 ta kasb-hunar maktabi faoliyat olib bormoqda. Ushbu ta’lim muassasalari viloyatning barcha hududlari bo‘ylab nisbatan teng taqsimlangan bo‘lib, kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini kengaytirish va mahalliy kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

 Hududlar kesimida kasb-hunar maktablari soni quyidagicha:

  • Namangan shahri – 2 ta

  • Mingbuloq tumani – 2 ta

  • Kosonsoy tumani – 3 ta

  • Namangan tumani – 2 ta

  • Norin tumani – 2 ta

  • Pop tumani – 3 ta

  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 2 ta

  • Uychi tumani – 2 ta

  • Uchqo‘rg‘on tumani – 2 ta

  • Chortoq tumani – 2 ta

  • Chust tumani – 3 ta

  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 2 ta

Ma’lumot uchun: Kasb-hunar maktablarida kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.