16/06/2025

Joriy yilning 16-iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda Namangan davlat texnika universiteti hamkorligida “Statistika tizimi va yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi xodimlar, OTMning professor-o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — bitiruvchi talabalarni statistika tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, davlat fuqarolik xizmati tizimidagi qulaylik va imkoniyatlar, shuningdek, kasbiy malaka kompetensiyalarini rivojlanish kabi zaruriy ko‘rsatmalar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi:

- statistika organlariga ishga qabul qilish tartibi;

- vacancy.argos.uz portali orqali vakant lavozimlarga ochiq tanlovlar o‘tkazish mexanizmlari;

- davlat fuqarolik xizmatchilarini tanlab olish jarayonining huquqiy asoslari, bosqichlari va mezonlari;

- tanlovlarda ishtirok etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar;

- tanlov g‘oliblari bilan ish jarayonini tashkil etish usullari.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar tinglandi, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarni statistika tizimiga jalb etishda, ularning bu sohaga nisbatan qiziqish va ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.