17/06/2025

Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklarda ro‘yxatga olingan otlarning umumiy bosh soni 7 243 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 10 taga ko‘paygan.

Otlarning 85,0 foizi (6 156 bosh) dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida mavjud otlar bosh soni quyidagicha:
Namangan shahri – 106 ta

Mingbuloq tumani – 169 ta

Kosonsoy tumani – 282 ta

Namangan tumani – 216 ta

Norin tumani – 273 ta

Pop tumani – 680 ta

To‘raqo‘rg‘on tumani – 772 ta

Uychi tumani – 239 ta

Uchqo‘rg‘on tumani – 331 ta

Chortoq tumani – 596 ta

Chust tumani – 1 763 ta

Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 816 ta

Eng ko‘p otlar soni Yangiqo‘rg‘on (1 816 ta) va Chust (1 763 ta) tumanlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda otchilik faoliyati yaxshi rivojlanganini anglatadi.