Joriy yilning yanvar–may oylari davomida Davlatobod tumanida 799,2 milliard so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning shu davriga nisbatan 113,3 foizga o‘sgan. Ushbu o‘sish tumanda xizmatlar sohasining jadal rivojlanayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, ushbu yo‘nalishda 146,0 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Transport xizmatlari 189,7 milliard so‘mni, moliyaviy xizmatlar 211,0 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish sohasida 39,6 milliard so‘m, taʼlim sohasida 29,6 milliard so‘m, yashash va ovqatlanish bo‘yicha 38,3 milliard so‘m, sog‘liqni saqlashda esa 19,1 milliard so‘mlik xizmatlar amalga oshirildi. Qolgan 125,9 milliard so‘m esa boshqa turdagi xizmatlarga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, har bir aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmi 4 million 893,8 ming so‘mni tashkil qildi. Bu esa xizmatlardan foydalanish darajasi aholi o‘rtasida ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Davlatobod tumanida xizmatlar sohasidagi ushbu ijobiy dinamika uning iqtisodiy salohiyatining oshishi va aholi turmush darajasining yuksalib borayotganidan dalolat beradi.




