17/06/2025

2025- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 405 tani tashkil etdi. Ulardan:

  • 1 158 ta — tadbirkorlik subyektlari,

  • 1 150 ta — kichik biznes subyektlari hisoblanadi.

Bu ko‘rsatkichlar tumanda xususiy sektorning o‘sib borayotganini, tadbirkorlik muhitining yana-da yaxshilanganini anglatadi.

Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Savdo sohasida — 590 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;

  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 181 ta

  • Sanoat sohasida — 110 ta subyekt qayd etilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar–may oylarida tumanda 159 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Bu esa, hududda investitsiyaviy muhit va biznesni rivojlantirishga yaratilgan imkoniyatlar samarasi ekanini ko‘rsatadi.

Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.