Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar–mart oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 128,4 ming tonna sut yetishtirilgan.
2024- yilning yanvar–mart oylariga nisbatan sut yetishtirish hajmining o‘sish sur'ati 103,4 % ga yetganligi kuzatildi.
Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 6,2 % i fermer xoʻjaliklari, 92,6 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 1,2 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.
Hududlar kesimida yetishtirilgan sut mahsulotlari hajmi:
Namangan sh. – 10 221 tonna
Mingbuloq – 7 135 tonna
Kosonsoy – 7 891 tonna
Namangan – 9 589 tonna
Norin – 6 250 tonna
Pop – 11 164 tonna
Toʻraqoʻrgʻon – 15 075 tonna
Uychi – 9 504 tonna
Uchqoʻrgʻon – 9 075 tonna
Chortoq – 10 679 tonna
Chust – 20 728 tonna
Yangiqoʻrgʻon – 11 090 tonna




