18/06/2025

Brifingda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jiyanov Ravshanjon Naimboyevich tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning 2025- yil 1-iyun holatiga oid demografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Tadbirda iqtisodiy faollik, kichik biznes subyektlari ulushi, xorijiy investitsiyalar oqimi, tashkilotlarning faoliyat yo‘nalishlari va tashkiliy-huquqiy shakllariga oid tahliliy maʼlumotlar taqdim qilindi.

 

Jumladan, 2025 yil 1-iyun holatiga ko‘ra, viloyatda 25 725 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;

Ulardan 82,7% (21 267 ta) kichik biznes subyektlari sanaladi;

Eng ko‘p korxonalar Namangan shahri, Chust, Pop, Chortoq va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida joylashgan;

Savdo (34%), sanoat (16,1%) va qishloq xo‘jaligi (6,2%) sohalari yetakchi tarmoqlar sifatida qayd etildi.

Shuningdek, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 236 tani tashkil etib, ularning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Qozog‘iston sarmoyadorlariga tegishli ekani maʼlum qilindi.

Brifing yakunida viloyatda kichik biznesning ustuvorligi, iqtisodiy infratuzilmaning hududlar kesimida shakllanishi hamda xorijiy sarmoyalar oqimidagi ijobiy dinamika haqida xulosalar bildirildi.

Brifing kuzatuvchilari taqdim etilgan raqamlar asosida viloyatdagi iqtisodiy jarayonlar va rivojlanish tendensiyalarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.