2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 1 319 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, 2025-yilning yanvar–may oylarida yana 62 ta yangi qurilish korxonasi tashkil etilgan. Bu ko‘rsatkich hududda qurilish sohasi jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
-
Namangan shahri – 418 ta
-
Uychi tumani – 128 ta
-
Chust tumani – 123 ta
-
Kosonsoy tumani – 111 ta
-
Chortoq tumani – 92 ta
-
Mingbuloq tumani – 74 ta
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 72 ta
-
Yangiqo‘rg‘on tumani – 66 ta
-
Norin tumani – 65 ta
-
Pop tumani – 60 ta
-
Namangan tumani – 55 ta
-
To‘raqo‘rg‘on tumani – 55 ta
📈 Ushbu raqamlar viloyatdagi qurilish sanoatining kengayib borayotganini, xususan, yirik shahar va markaziy tumanlarda yuqori faollik kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.




