2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 25 725 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).
Shundan 3 017 tasi xususiy korxonalar bo‘lib, ular umumiy faoliyat yuritayotgan subyektlarning 11,7 % ini tashkil etadi.
Xususiy korxonalar soni yuqori bo‘lgan hududlar:
-
Namangan shahri – 725 ta
-
Chust tumani – 616 ta
-
Pop tumani – 246 ta
-
Mingbuloq tumani – 243 ta
-
To‘raqo‘rg‘on tumani – 232 ta
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 202 ta
Ushbu ko‘rsatkichlar hududlar kesimida xususiy tadbirkorlikning keng miqyosda rivojlanayotganini aks ettiradi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xususiy korxonalar soni:
-
Savdo sohasi – 1 179 ta
-
Sanoat sohasi – 486 ta
-
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 369 ta
-
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 224 ta
-
Qurilish sohasi – 142 ta
Namangan viloyatida xususiy tadbirkorlik subyektlarining soni sezilarli darajada bo‘lib, ular viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, savdo, sanoat va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida xususiy korxonalar sonining ko‘pligi ushbu sohalarda ishbilarmonlik muhiti faol rivojlanayotganidan dalolat beradi.




