Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatidan 4 ta xorijiy davlatga jami 1045,2 tonna qalampir eksport qilingan bo‘lib, uning umumiy qiymati 331,2 ming AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 barobarga ko‘paygan. Bu esa viloyatda yetishtirilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarda talab yuqoriligini va eksport salohiyatining ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Qalampir eksporti quyidagi davlatlarga amalga oshirildi:
Qozog‘iston — 1 011,5 tonna
Qirg‘iz Respublikasi — 33,2 tonna
Shvetsiya — 0,4 tonna
Bosniya va Gersegovina — 0,1 tonna
Eksport hajmiga ko‘ra eng katta ulush Qozog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, umumiy hajmning qariyb 92 % ini tashkil etgan.




