2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 25 725 tani tashkil etib, shundan tadbirkorlik subyektlari 21 421 tani tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- Namangan shahri – 8 055 ta
- Chust tumani – 2 181 ta
- Pop tumani – 1 958 ta
- Chortoq tumani – 1 639 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 609 ta
- Kosonsoy tumani – 1 531 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 521 ta
- Uychi tumani – 1 504 ta
- Namangan tumani – 1 501 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 1 464 ta
- Mingbuloq tumani – 1 405 ta
- Norin tumani – 1 357 ta




