16/07/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 8,7 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming nafarga yoki 14,5 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

sayyohlik – 7 178 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 980 nafar

xizmat yuzasidan – 467 nafar

tijorat – 48 nafar

oʻqish – 17 nafar

g