
2025- yil 18- aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi tizimi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025- yildagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-17-son Farmoni yuzasidan seminar o‘tkazilib, ushbu Farmon bilan 2025-yil 1-apreldan boshlab “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa — oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etilishi, bunda madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari tushumlarining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini yo‘naltirishga ruxsat berilishi, shuningdek, 2025-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalaridan tegishli mablag‘larni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga ko‘chirish, ushbu jamg‘arma tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilangan tibbiyot tashkilotida davolash yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshirilishini, davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish xarajatlari 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, 30 yoshdan katta bo‘lgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilanganligini aytib, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar ro‘yxati haqida seminar qatnashchilariga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shu bilan birgalikda 2025-yil 1-maydan boshlab ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdoridagi bir martalik nafaqa pulini uni tayinlashning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lash joriy etilishi belgilanganligi haqida ma’lumotlar berildi.



