Joriy yilning 31-iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasining 2025-yil II choragi yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq hamda shahar va tuman statistika boʻlimlari boshliqlari ishtirok etdi.
Kengash yigʻilishida Statistika ishlari dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 27-sonli farmoni,
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda 2025-yilning ikkinchi choragida bajarilgan ishlar tahliliga toʻxtalib oʻtildi.
Kun tartibidagi masalalar doirasida 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar tahliliy-tanqidiy tarzda muhokama qilindi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, Milliy statistika qoʻmitasi tomonidani ishlab chiqilgan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni koʻrsatish tartibi yigʻilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib oʻtildi.
Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali bajarish uchun barcha boshqarmaning tarmoq hamda shahar va tuman statistika boʻlimlari boshliqlaridan tashabbuskorlik va masʼuliyat talab etilishi taʼkidlandi.
01/08/2025



