05/08/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Hindiston — 2 780 nafar;

Turkmaniston — 2 622 nafar;

Tojikiston — 1 145 nafar;

Xitoy — 459 nafar;

Janubiy Koreya — 381 nafar;

Pokiston — 348 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 263 nafar;

AQSH — 232 nafar;

Afgʻoniston — 167 nafar;

Turkiya — 161 nafar;

Boshqa davlatlar — 988 nafar.

s