05/08/2025

2025-yil 4-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatish tartibi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda boshqarma rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari mas’ul xodimlari, shuningdek, viloyatdagi shahar va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari masofaviy (onlayn) tarzda ishtirok etdi.

Seminar davomida yangi konsalting xizmatining mazmun-mohiyati, uni statistika organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qanday ko‘rinishda va qay tartibda ko‘rsatish mexanizmlari xodimlarga atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu xizmatni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Seminar ishtirokchilari ushbu konsalting xizmatining ahamiyatini yuqori baholab, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashda uni samarali qo‘llash bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar.