05/08/2025

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 29,2 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 5,3 barobarga oshganini ko‘rsatmoqda. Quyida ushbu o‘sish dinamikasi yaqqol aks etgan:

▫️ 2021 – 5,5 trln so‘m
▫️ 2022 – 6,8 trln so‘m
▫️ 2023 – 8,6 trln so‘m
▫️ 2024 – 25,9 trln so‘m
▫️ 2025 – 29,2 trln so‘m

 Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar – 23 trln 677,3 mlrd so‘m
 Korxonalar mablag‘lari (shu jumladan mahalliy byudjet mablag‘lari) – 2 trln 328,7 mlrd so‘m
 Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 290,4 mlrd so‘m
 Aholi mablag‘lari – 1 trln 404,0 mlrd so‘m
 O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi chet el kreditlari – 644,1 mlrd so‘m
 Byudjet mablag‘lari – 832,9 mlrd so‘m

 Ushbu ko‘rsatkichlar Namangan viloyatida iqtisodiy faollik va sarmoya jalb qilish darajasi yildan-yilga ortib borayotganini dalolat beradi.