06/08/2025

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11,8 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 10,1 % ga ko‘paygan.

 yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1,1 trln so‘mni,

 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 8,9 trln so‘mni,

 uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1,8 trln so‘mni tashkil etdi.

 Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar;

 Namangan shahri - 39,2 %;
 Chust tumani - 8,1 %;
 To'raqo'rg'on tumani - 6,9 %;
 Pop tumani - 6,0 % ni tashkil etgan.

 2025- yilning yanvar-iyun oylarida o'rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 mln 757,4 ming so'mdan to'g'ri kelgan.