07/08/2025

2025-yil 7-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B. Xoliqov Uychi tumanida “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar to‘g‘risida”gi 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan bevosita tanishdi.

Kuzatuv jarayonida u xonadon egalari bilan muloqotda bo‘lib, kuzatuvning asosiy maqsad va vazifalarini tushuntirdi. Shuningdek, respondentlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar zamonaviy planshet qurilmalari orqali real vaqt rejimida kiritilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida intervyuyerlar faoliyati ham o‘rganildi. Ularga tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish, shuningdek ma’lumotlarni planshet qurilmalariga aniqlik bilan, xatosiz kiritish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar: