2025-yil 11-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida”gi 1dx tanlanma kuzatuv o‘tkazilish tartibi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlarining mas’ul xodimlari, shuningdek, viloyatdagi shahar va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari masofaviy (onlayn) tarzda ishtirok etdi.
Seminar davomida 1dx tanlanma kuzatuvining ahamiyati va mazmun-mohiyati, kuzatuvni o‘tkazish tartibi va metodik jihatlari, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida asosiy turdagi ekin maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, hamda yetishtirilgan mahsulotlar hajmi bo‘yicha ma’lumotlarni intervyuyerlar tomonidan planshet qurilmasiga xatosiz kiritish masalalari batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish, hamda jarayonni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.



