2025-yil 11-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun ““Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar to‘g‘risida”gi 1-TJ tanlanma kuzatuv o‘tkazilish tartibi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. 
Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B. Xoliqov, Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo'limi boshlig‘i B. Tursinov, shuningdek, viloyatdagi shahar va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari masofaviy (onlayn) tarzda ishtirok etdi.

Seminar davomida 1-TJ tanlanma kuzatuvining ahamiyati va mazmun-mohiyati, kuzatuvni o‘tkazish tartibi va metodik jihatlari tushuntirildi. Ularga tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish, shuningdek ma’lumotlarni planshet qurilmalariga aniqlik bilan, xatosiz kiritish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



