2025- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish hajmi 1,3 trln so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizga o‘sgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmidan 54,2 foizi dehqonchilik, 45,8 foizi esa chorvachilik sohalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu esa tumanda dehqonchilik va chorvachilikni mutanosib rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor samarasidir.
Shuningdek, 2025- yilning birinchi yarim yilligida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan:
· 90,2 ming tonna don mahsulotlari,
· 9,8 ming tonna kartoshka,
· 29,8 ming tonna sabzavot,
· 3,2 ming tonna poliz mahsulotlari,
· 13,0 ming tonna meva va rezavorlar,
· 815,2 tonna uzum yetishtirilgani qayd etildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar tumanda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishi va fermer hamda dehqon xo‘jaliklarining faol mehnati tufayli erishilgan natijalardir.




