13/08/2025

2025-yilning 1- iyul holatiga Yangi Namangan tumani doimiy aholisi soni 167,7 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,6 ming kishiga ko‘paydi.

Jumladan, Yangi Namangan tumani aholisining 86,2 ming nafarini erkaklar, 81,5 ming nafarini ayollar tashkil etgan.

Shuningdek, doimiy aholining 92,7 % ini o‘zbeklar, 7,3 % ini boshqa millat vakillari tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 1992 ta tug‘ilish va 350 ta vafot etish holatlari qayd etilgan.