2025- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanida jami 5 trln 593,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 158,6 foizga o‘sgan.
Investitsiyalarning asosiy qismi — 94,3 foizi — chet el investitsiyalari va kreditlari hissasiga to‘g‘ri kelgani, tumanda iqtisodiy jozibadorlik va tashqi sarmoyadorlar bilan hamkorlik mustahkamlanayotganini anglatadi.
Shuningdek, 2025- yilning birinchi yarim yilligi davomida investitsiya dasturi doirasida Pop tumanida 35 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar-joylar foydalanishga topshirildi. Bu aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish, yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Mazkur natijalar tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasi bo‘lib, kelgusida ham investitsiyaviy faollikni yana-da oshirish rejalashtirilgan.




