14/08/2025

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–iyun oylarida viloyatimizda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,2 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,3 trillion so‘mga ko‘proq.

Dastur doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 78,9 million AQSH dollari miqdorida mahsulot xorijiy davlatlarga eksport qilindi.

2025-yilning birinchi yarmida mahalliylashtirish dasturi asosida 77 ta loyiha amalga oshirilib, natijada 587 ta yangi ish o‘rni yaratildi.