18/08/2025

2025- yilning 1- iyul holatiga Davlatobod tumani doimiy aholisi soni 164,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,3 ming kishiga ko‘paydi.

Jumladan, Davlatobod tumani aholisining 84,4 ming nafarini erkaklar, 79,8 ming nafarini ayollar tashkil etgan.

Shuningdek, doimiy aholining 87,6 % ini o‘zbeklar, 12,4 % ini boshqa millat vakillari tashkil etgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 1500 ta tug‘ilish va 300 ta vafot etish holatlari qayd etilgan.