18/08/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 19,6 million AQSH dollari bo‘lgan 41,9 ming tonna sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,1 foizga ko‘paygan.

Sabzavotlar kesimida eksport hajmi:

 Piyoz – 17 442,6 tonna

 Karam – 9 065,8 tonna

 Pomidor – 1 845,0 tonna

 Sabzi – 1 829,6 tonna

Rediska – 665,6 tonna

Bodring – 237,4 tonna

 Sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talabning ortishi, logistika va saqlash infratuzilmasining rivojlanib borayotgani, shuningdek, xorijiy bozorlar bilan faol hamkorlik eksport hajmining ortishiga bevosita sabab bo‘lmoqda.