19/08/2025

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga viloyatimizda jami 26 170 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Shundan 21 810 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

 Korxonalar sohalar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

 Savdo sohasi – 8 859 ta (umumiy korxonalarning 33,9 foizi)

 Sanoat sohasi – 4 246 ta (16,2 foiz)

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 1 662 ta (6,4 foiz)

 Qurilish sohasi – 1 350 ta (5,2 foiz)

 Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 1 320 ta (5,0 foiz)

 Tashish va saqlash – 950 ta (3,6 foiz)

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 880 ta (3,4 foiz)

 Axborot va aloqa sohasi – 375 ta (1,4 foiz)

 Boshqa sohalar – 6 528 ta (24,9 foiz)

 Eng katta ulushni savdo sohasi tashkil etib, viloyatdagi korxonalarning uchdan bir qismi aynan shu yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda.