2025-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11 trillion 817,3 milliard so‘mni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra, yirik korxonalarning savdo hajmi 1 trillion 133,9 milliard so‘mni tashkil etdi, bu esa 2024-yilning shu davriga nisbatan 136,7 foizga o‘sdi. Yirik korxonalar ulushi umumiy chakana savdo hajmining 9,6 foizini tashkil qilgan.
Mazkur raqamlar viloyat iqtisodiyotida yirik korxonalarning faoliyati barqaror rivojlanayotganini, ularning chakana savdo segmentida muhim o‘rin tutayotganini anglatadi.




