21/08/2025

 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yil yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatining iqtisodiy holati va uning 2024- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati quyidagicha:

 Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 21,7 trillion so‘m
– Fizik hajm indeksi: 108,9 %

 Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 7,6 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 111,8 %

 Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 14,3 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 111,5 %

 Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 27,7 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 111,5 %

 Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 957,5 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 127,7 %

 Eksport
– Hajmi: 387,7 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 111,4 %

🛩 Import
– Hajmi: 569,7 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 142,2 %

 Korxona va tashkilotlar faoliyati
 2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 26 170 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
 Shundan 21 810 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi, bu umumiy tashkilotlarning qariyb 83,3 foizini tashkil etadi.