Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida jami 2 626 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar soha kesimida quyidagicha taqsimlandi:
Savdo sohasida – 992 ta
Sanoat sohasida – 402 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 331 ta
Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 176 ta
Qurilish sohasida – 105 ta
Tashish va saqlash sohasida – 59 ta
Axborot va aloqa sohasida – 64 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 204 ta
Boshqa sohalarda – 293 ta




