Namangan viloyatida 2025- yilning yanvar–iyun oylarida aholining umumiy daromadlari hajmi 29,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning shu davriga nisbatan 4,1 trillion so‘mga ko‘payib, o‘sish surʼati 115,8 % ga yetgan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad hajmi esa 9 million 457 ming so‘mni tashkil etib, 2024- yilning shu davriga 13,4 % ga o‘sgan.
Shuningdek, aholining real umumiy daromadlari 27,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning shu davriga nisbatan 3,6 trillion so‘mga ko‘payib, 105,9 % ga yetan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromad hajmi esa 8 million 649,1 ming so‘mni tashkil etib, 2024- yilning shu davriga nisbatan 3,8 % ga o‘sgan.
Daromadlar hajmining bunday izchil o‘sishi viloyatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tashabbuslarning amaliy samarasidir. Bu esa o‘z navbatida, aholining farovonligi oshayotganidan dalolat beradi.




