25/08/2025

Namangan viloyatida 2025-yilning yanvar–iyul oylarida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni barpo etishga qaratildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, jami qurilish hajmining 79 foizi yoki 6 trln 13,5 mlrd so‘mlik ishlar aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joylar va ijtimoiy obyektlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Qurilish sohasida turli tashkilotlar va sektorlarning ulushi quyidagicha bo‘ldi:

  • Yirik qurilish tashkilotlari – 385,4 mlrd so‘m (6,4 %),

  • Kichik korxona va mikrofirmalar – 2 trln 322,9 mlrd so‘m (38,6 %),

  • Norasmiy sektor – 3 trln 305,2 mlrd so‘m (55,0 %).

Hududlar kesimida esa yuqori ko‘rsatkichlar quyidagilarda qayd etildi:

  • Namangan shahri – 1 trln 183,4 mlrd so‘m,

  • Pop tumani – 349,5 mlrd so‘m,

  • Uychi tumani – 409,9 mlrd so‘m.

Yangi qurilish ishlari hajmining ortib borishi hududda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish imkonini bermoqda. Bu esa aholining turmush sharoitini yaxshilash, iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.