28/08/2025

2024-yilda Namangan viloyatida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tashkilotlarning umumiy soni 5 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 2 taga ko‘paygan.

 Mazkur tashkilotlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Davlatobod tumani – 2 ta tashkilot (jami soniga nisbatan 40 %),

  • Namangan shahri – 1 ta tashkilot (20 %),
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 ta tashkilot (20 %),

  • Yangi Namangan – 1 ta tashkilot (20 %),

     

 2024-yilda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan xodimlarning umumiy soni 1 232 nafarni tashkil etdi. Bu esa 2023-yilga nisbatan 178 nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.