2025-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 11 mln 237,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 5,1 % ga ko‘paydi.
O‘sishning asosiy omillari sifatida:
-
sanoat va xizmatlar sohasida ishlab chiqarish hajmining oshishi,
-
qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanish,
-
savdo va transport xizmatlari hajmining ortishi,
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining kengayishi
kabi jarayonlar qayd etildi.
Umuman olganda, yalpi hududiy mahsulotning o‘sishi viloyat iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotganidan dalolat beradi hamda aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qilmoqda.




