28/08/2025

2025-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida jami 7612,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 111,8 % ni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 76,7 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 109,9 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 9,4 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 62,0 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 13,9 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 310,4 % ni tashkil etdi.