Joriy yil 29-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, jumladan, mamlakatimizda statistika tizimini modernizatsiya qilish, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, xalqaro standartlarga mos ravishda islohotlar olib borilayotgani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.


Shuningdek, u boshqarmaning kundalik faoliyatida fidokorona mehnat qilayotgan, statistika sohasining yanada rivojiga hissa qo‘shayotgan xodimlarning xizmatlarini e’tirof etib, ularga samimiy minnatdorlik bildirdi. Tadbir davomida bir qator xodimlar faxriy yorliqlar hamda Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Tadbir so‘ngida Mustaqilligimizning 34 yilligi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida yangi marralarni zabt etishda muhim turtki bo‘lishi ta’kidlandi.




