2025 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 452 tani tashkil etdi. Ulardan: 1 239 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:
-
Savdo sohasida — 614 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;
-
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 191 ta
-
Sanoat sohasida — 115 ta
-
Qurilish sohasida — 77 ta
-
Yashash va ovqatlanish sohasida — 47 ta subyekt qayd etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar–iyul oylarida tumanda 214 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.




