02/09/2025

 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar–iyun oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 364,0 ming tonna sut yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan sut yetishtirish hajmining o‘sish sur'ati 103,2 % ga yetganligi kuzatildi.

Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 6,5 % i fermer xoʻjaliklari, 93,0 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 0,5 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sut mahsulotlari hajmi:

Namangan sh. – 19 863 tonna

Mingbuloq – 20 792 tonna

Kosonsoy – 24 237 tonna

Namangan – 31 394 tonna

Norin – 29 074 tonna

Pop – 30 703 tonna

Toʻraqoʻrgʻon – 36 613 tonna

Uychi – 22 852 tonna

Uchqoʻrgʻon – 35 748 tonna

Chortoq – 24 384 tonna

Chust – 53 081 tonna

Yangiqoʻrgʻon – 35 304 tonna