03/09/2025

2025- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 14,3 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 11,5 % ga ko‘paygan.

 yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1,4 trln so‘mni,

 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 10,8 trln so‘mni,

 uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2,1 trln so‘mni tashkil etdi.

 Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar;

 Namangan shahri - 36,4 %
 Chust tumani - 7,3 %
 Pop tumani - 6,7 %
 To'raqo'rg'on tumani - 6,6 % ni tashkil etgan.

 2025- yilning yanvar-iyul oylarida o'rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 mln 558,9 ming so'mdan to'g'ri kelgan.