03/09/2025

2025-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida jami 7 trillion 612,3 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 111,8 % o‘sish sur’atini tashkil etdi.

Qurilish ishlarining asosiy qismini bino va inshootlar qurilishi tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar umumiy qurilish hajmining 76,7 % ini tashkil etib, 5 trillion 838,7 milliard so‘mga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 109,9 % ga o‘sgan.

Bino va inshootlarni qurish sohasida qurilish ishlari turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirildi:

  • Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar umumiy hajmning 2,9 % ini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,7 % punktga oshgan.

  • Kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 36,1 % bo‘lib, bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,3 % punktga kamaygan.

  • Norasmiy sektor esa qurilish ishlarining 61,0 % ini bajargan bo‘lib, bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paygan.