03/09/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyati boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 ming 51 tonna uzum yetishtirilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 % ga o‘sgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi:

Namangan sh. – 21,2 tonna

Mingbuloq – 149,5 tonna

Kosonsoy –0 tonna

Namangan – 1 694,5 tonna

Norin – 178,7 tonna

Pop – 815,2 tonna

Toʻraqoʻrgʻon – 1 187,8 tonna

Uychi – 209,0 tonna

Uchqoʻrgʻon – 117,6 tonna

Chortoq – 1747,2 tonna

Chust – 724,5 tonna

Yangiqoʻrgʻon – 1 205,8 tonna