05/09/2025

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylari davomida Namangan viloyatiga xorijdan qiymati 80,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan go‘sht mahsulotlari import qilingan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Namangan viloyati bo‘yicha umumiy oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibida go‘sht mahsulotlarining ulushi 52,8 foizni tashkil qilmoqda.